
Ronaldu Iguain bilan kurashda g‘alaba qozondi
Avvalroq xabar berganimizdek, bir necha kun oldin UEFAning rasmiy veb-saytida EChLning hafta futbolchisini aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma tuzilgandi.
“Real Madrid” yulduzi Krishtianu Ronaldu o‘tib borayotgan haftaning eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qilindi.
Ushbu mavsumda chempionlar ligasida Ronaldu 12 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.
Ushbu mukofotga “Yuventus” xujumchisi Gonsalo Iguain, “Manchester Siti” futbolchisi Leroy Sane va “Liverpul” yarim himoyachisi Jeyms Milner davogarlik qilayotgandilar.
Fikrlar