
Ronaldu ilk bor adashdi
“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2023 yilning yanvarida riyodliklar safida faoliyatini boshlaganidan beri muntazam penaltilarni bajarib kelmoqda.
Saudiya Arabistoni kubogi nimchorak finalida “At-Taavun”ga qarshi o‘tkazilgan bahsning so‘nggi daqiqalarida “An-Nasr” penalti ishladi.
Nuqtaga odatdagidek, Krishtianu yaqinlashdi. Bu gal portugaliyalik yulduz zarba berishda adashdi va gol ura olmadi.
Oqibatda “An-Nasr” o‘z maydonida 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilishga majbur bo‘ldi va turnirni tark etdi.
Bungacha “An-Nasr” safida 19 marotaba penalti tepib, ularning barchasini aniq bajargan KRishtianu Ronaldu bu gal maqsadiga etolmadi.
Fikrlar