Ronaldu "Jenoa"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga ham kiritilmadi. Allegri bunga javob berdi
Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni nega A Seriya 28-turidan o‘rin olgan “Jenoa”ga qarshi bahs qaydnomasiga kiritmaganini tushuntirdi.
“Ronaldu bu yil juda ko‘p o‘yin o‘tkazdi, shu bois unga dam berishga qaror qildim. Qo‘shimchasiga oldinda uni Portugaliya terma jamoasi safida 2ta o‘yin kutib turibdi. Shu bois uni ushbu o‘yinda ham maydonga tushirib, tavakkal qilishni xohlamadim”, - deydi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Jenoa" - "Yuventus" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi.

Fikrlar