
Ronaldu kechagi yorqin o‘yiniga izoh berdi
"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Damak"ga qarshi uchrashuvdan (3:0) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Portugaliyalik futbolchi mazkur o‘yinda xet-trik qayd etdi.
"Men juda xursandman! Eng muhimi, g‘alaba qozondik. Jamoamiz aql bovar qilmaydigan ishni qildi. Ular yugurib, maydonning har bir qarichi uchun jang qildi. Maqsadlar men uchun muhim, lekin eng ahamiyatlisi - jamoam.
Klubga yanada yaxshi moslashdim. O‘tishdan keyingi dastlabki besh, olti o‘yin oson bo‘lmaydi. Lekin men sheriklarimning harakatlarini yaxshiroq tushunyapman, ular esa meni", - dedi Ronaldu.
Eslatib o‘tamiz, "An-Nasr" Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 43 ochko jamg‘argan holda 1-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar