
Ronaldu ketganidan xafaman!
“Manchester Yunayted”ning sobiq o‘yinchisi Lui Saa portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronalduning Angliyadan ketganiga munosabat bildirdi.
- Ronaldu klub bilan til topishib, jamoada qolsa bo‘lardi. U ajoyib o‘yinchi va men ketganidan hali ham xafaman. Krishtianu bu mavsumda 10-15 ta gol urib jamoasiga yanada yaxshiroq natijalar qayd etishiga yordam bera olardi.
Ronaldu – juda g‘ururli yigit. U buni hech qachon baralla aytmasa ham, o‘zi tan olmasa ham, qalbining tubida “Manchester Yunayted”da gollar urib, sovrinlar yutish istagi kuchli ekanini bilaman, - dedi Lui Saa.
Krishtianu Ronaldu rahbariyat va bosh murabbiyni keskin tanqid qilganidan keyin klub xo‘jayinlari u bilan xayrlashdi. Portugaliyalik yulduz Evropa futbolini tark etib, Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasiga ko‘chib o‘tdi.
Fikrlar