Ronaldu kiritgan gol "Yuve"ning "Roma" ustidan zafar quchishida muhim rol o‘ynadi

  • 13 yanvar, 2020, 02:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 19-turida "Roma" o‘z uyida "Yuventus" klubini qabul qildi.

Tecno

Qiziqarli kechgan bellashuvda Turin klubi futbolchisi Demiral hisobni ochdi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, Krishtianu Ronaldu penaltidan gol urib, hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Uchrashuvning 68-daqiqasida rimliklar a’zosi Perotti 11 metrlik nuqtadan darvozani ishg‘ol qildi va bahs davomida boshqa gol bo‘lmadi.

Shu tariqa, "Yuventus" 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritib, ochkolar sonini 48 taga etkazib oldi va "Inter"dan 2 ochkoga o‘zib ketdi.

"Roma" esa 35 ochko bilan o‘zi egallab turgan 4-o‘rinda qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!