Ronaldu Kontening "Yuventus"ga qaytishiga qarshi

  • 20.05.2019 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu jamoa boshqaruviga Antonio Konte kelishiga qarshi. Bu haqda La Repubblica nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra jamoa rahbariyati undan mavsum yakunida o‘z lavozimini tark etadigan Massimiliano Allegri o‘rniga aynan Konteni olib kelish borasidagi fikrini so‘raganda, portugaliyalik yulduz boshini chayqagancha rad javobini bergan.

Ma’lumot uchun, 49 yoshli Konte o‘tgan yilning yozida “Chelsi”dan iste’foga chiqarilgan ishsiz yuribdi. Unga “Inter” va “Roma” kabi jamoalardan ham qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bobur Shox Jorabayev
20/05/2019 13:07
Ancholotiy bolsa zor bolardi