Ronaldu "Lechche"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi. Nega?
“Yuventus” klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri A Seriyaning 9-turidan o‘rin olgan “Lechche”ga qarshi o‘yin uchun 22 nafar futbolchini qaydnomaga kiritdi.
E’tiborlisi, Sarri ushbu tarkibga Ronaldu jalb etmadi. U 34 yoshli portugaliyalik futbolchiga qo‘shimcha dam berishga qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, "Lechche" - "Yuventus" uchrashuvi ertaga 26 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu joriy mavsum A Seriyada 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga muallifli qilishga erishdi.

Fikrlar