Ronaldu Masharipovga: Nima, sen Messining muxlisimisan?!

  • 15 iyun, 09:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nobel” YouTube-kanali 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari bilan suhbatlarni e’lon qilib bormoqda.

Tecno

Ushbu kanal muallifi Jaloliddin Masharipovdan “An-Nasr”da legionerimiz bilan birga o‘ynagan jahon futboli afsonasi Krishtianu Ronaldu haqida so‘radi.

Ta’kidlash joizki, Masharipov 2021-2023 yillar Saudiya Arabistoni chempionatida “An-Nasr” sharafini himoya qilib, ushbu klubda 40 ta o‘yin o‘tkazgan. 

- Ronaldu jamoadosh sifatida qanday?

- Juda ajoyib yigit. Odamlar uni televizorda ko‘rganida, uni takabbur, deb o‘ylanadi. Aslida u oddiy, yaxshi inson, hammani hurmat qiladi.

- Sen undan O‘zbekiston va mahalliy futbol haqida nimalarni bilishini so‘radingmi?

- U menga Toshkentda bo‘lganini gapirib bergan. Uni master-klassga olib kelishgan edi, men o‘shanda yosh bola bo‘lganman.

U “An-Nasr”ga kelganida men u bilan bir haftacha gaplashmagandim. Oldiga kelib, nimalarnidir gapirib o‘tirmadim. Bu to‘g‘ri bo‘lmasdi. Kutdim.

Bir kuni u meni chaqirib, “Qalaysan?  Hammasi yaxshimi?”, dedi. “Hammasi joyida”, dedim. U menga “Sen Messining fanatimisan?” deb qoldi. “Nega bunday deyapsan?” deb so‘radim. Ronaldu “Unda nega men bilan gaplashmayapsan”, dedi.

- Ronaldu “An-Nasr”ga kelganida 7-raqamni berishni istamagan ekansan...

- Yo‘q, bu yolg‘on. Men klub prezidenti chaqirdi, Ronaldu bilan muzokara o‘tkazilayotgani va u kelishi mumkinligini aytdi. Men agar bu ish amalga oshsa, unga 7-raqamni berishim kerakligini darrov tushundim. Men uni hurmat qilaman.

Unga 7-raqamni berishni istamaganim, Ronaldu meni jamoadan ketkazmoqchi bo‘lgani haqida chiqqan gap-so‘zlarning hammasi uydirma.

Osiyo Chempionlar ligasida “An-Nasr”ga qarshi o‘ynadik. Krishtianu Ronalduning o‘zi oldimga keldi va juda yaxshi gaplashdi. U ham hurmatimni joyiga qo‘yadi.

Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli Jaloliddin Masharipov “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘zbekistonda “Lokomotiv” jamoasi safida ham to‘p tepgan. Tajribali futbolchi ayni paytda Eronning “Istiqlol” klubi a’zosi hisoblanadi.

Masharipov legioner sifatida “Istiqlol”ga qadar Birlashgan Arab Amirliklarining “Shabab Al-Ahli”, Gretsiyaning “Pensarraikos” va Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoalarida o‘ynagan.

Jaloliddin 2016 yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi va xalqaro maydonda 74 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 13 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Mashhur legionerimiz jamoasini o‘zgartiradi!

Fayzullaev: Skautlar argentinalik himoyachini ko‘rgani kelib, Husanovni olib ketishdi

Fayzullaevni jamoaga olishni istashmagandi...

Fayzullaev “Real” va “Barsa”ni tanladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Депутат Уктамович
15/06/2025 15:38
Хозир Жалол Узбекистондами,? Эрон шахарлари бамбардимон булиб ётибтию, Аллох панохида сакласин.