Ronaldu: “Men 1000-gol uchun kurashmayapman, muhimi – bugungi ondan zavq olish”

  • 5 aprel, 16:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni chempionatining 26-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinda “An-Nasr” mehmonda “Al-Hilol”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvning haqiqiy qahramoni Krishtianu Ronaldu bo‘ldi — u dubl qayd etdi va o‘zining professional faoliyatidagi 930 va 931-gollarini urdi. Shunga qaramay, mashhur portugaliyalik futbolchi 1000-gol marrasiga alohida ahamiyat bermasligini aytdi.

Tecno

— Bolalar, bu lahzadan zavq olaylik. Men 1000-gol uchun yugurmayapman. Agar shunday bo‘lsa — yaxshi. Agar bo‘lmasa — demak, shunday bo‘lishi kerak. Muhimi — bugungi on, kelajakda nima bo‘lishi emas.

Bugungi g‘alabadan zavq olish kerak. Albatta, men gol urganim uchun emas. “Al-Hilol” darvozasiga ikki bor yo‘l topganimdan xursandman, lekin eng asosiysi — derbini yutish edi.

— Biz fantastik jamoaga qarshi safarda o‘ynadik. Bu doim qiyin bo‘ladi. Biz buni qadrlashimiz kerak va xuddi shu ruhda davom etishimiz lozim. Oldimizda to‘qqizta liga uchrashuvi va Chempionlar ligasida yana bir bellashuv bor. Hammasi mumkin, olg‘a intilish va ishonish kerak" - deya ta’rif berib o‘tdi portugaliyalik yulduz. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!