Ronaldu: "Men Chempionlar ligasini yutishni istayman"

  • 3 yanvar, 20:51
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nasr" futbolchisi Krishtianu Ronaldu o‘z kelajagi haqida savolga javob berdi. Portugaliyalik yulduz qaysi sovrinni yutmoqchi ekanligini aytib o‘tdi. 

"Men klub uchun Osiyo Chempionlar Ligasini yutishni xohlayman, lekin eng muhimi — kurashishni davom ettirish va professional bo‘lib qolish. Men kurashishni davom ettiraman va "An-Nasr"ga sovrinlarni yutishda yordam beraman. Ishonamanki, bu yil "An-Nasr" uchun omadli bo‘ladi," — deb futbolchining so‘zlarini keltirdi Ben Jeykobs.  

Eslatib o‘tamiz, 39 yoshli hujumchi 2023 yil boshida Ar-Riyod klubi futbolchisiga aylangan edi. Joriy mavsumda Krishtianu barcha turnirlarda 19 o‘yinda 16 ta gol urib, 3 ta golli uzatma bergan.  

Ronalduning Saudiya Arabistoni klubi bilan mehnat shartnomasi shu yilning yozida nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!