Ronaldu menga havas qiladi!

  • 26 iyun, 2021, 08:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Evropa chempionatining nimchorak finalida Belgiya terma jamoasi Portugaliya bilan kuch sinashadi. Ushbu uchrashuv oldidan belgiyaliklarning asosiy hujumchisi Romelu Lukaku o‘zini raqib etakchisi Krishtianu Ronaldu bilan taqqosladi.

Ronaldu A Seriyada mendan ko‘p gol urdi. Lekin biz Italiya chempionatida g‘olib chiqdiq. Bu men uchun muhim edi, chunki shuni maqsad qilgandim. Men Ronalduning driblingi va zarbasiga havas qilaman. O‘z navbatida, Krishtianu ham mening kuchim va nishonni aniq olish qobiliyatimga havas qiladi, - dedi Romelu Lukaku.

Belgiya va Portugaliya o‘rtasidagi uchrashuv 27 iyun kuni Ispaniyaning Sevilya shahrida bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
27/06/2021 12:56
Раналду бу Раналду, Лукаку Эса Раналдунинг олдида Лалаку...