Ronaldu: Messi katta xatoga yo‘l qo‘ydi!

  • 24 avgust, 2021, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ashaddiy raqobatchisi Lionel Messining PSJga o‘tganiga munosabat bildirdi.

Tecno

Bu haqda Italiyaning www.calciomercato.com sayti xabar bermoqda.

- Har kim o‘z yo‘lini o‘zi tanlaydi, menimcha, Messi qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Do‘stlarim PSJ ichki muhitida muammo borligi haqida xabarlarni o‘qiyotganini aytmoqda. Hech qachon sen ikkinchi o‘rinda bo‘ladigan jamoaga o‘tmaslik kerak. Hozir Leo yangi jamoasida lider emas, hammaning nigohi Kilian Mbappeda.

Messi oson sovrinlar ortidan quvmasdan, kuchsizroq jamoaga o‘tib, ana o‘sha erda etakchilikni o‘z qo‘liga olishi kerak edi. Men uni qattiq hurmat qilaman, lekin u noto‘g‘ri yo‘lni tanladi. Biroq, hammasini vaqt ko‘rsatishini ham unutmaslik kerak, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!