
Ronaldu mingta gol urolmasa nima bo‘lishini aytdi
“An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Kirishtianu Ronaldu jahon tarixida rasmiy uchrashuvlarda mingta gol urgan birinchi va yagona futbolchiga aylanmoqchi.
39 yoshli forvard hisobida hozircha 908 ta gol bor. Ronaldu agar maqsadiga eta olmasa nima bo‘lishini aytdi.
- Rostini aytaman, men real vaqt bilan yashayman va hayotda eng muhim narsa aynan mana shu ekanini bilaman. Uzoq kelajakdagi istiqbolim haqida o‘ylay olmayman. Hozir qo‘limda bor narsalardan bahra olib yashash yoqyapti.
Bor e’tiborimni ishimga qaratganman va bundan keyin ham qo‘limdan kelganini qilaman. Ilgari ommaviy tarzda 1000 ta gol urmoqchiligimni baralla aytardim.
Hozir biroz boshqacha o‘ylayman, ko‘p narsa jismoniy holatga bog‘liq ekanini bilaman. Bir so‘z bilan aytganda, yaqin yillar ichida oyog‘im talablarimga qanday javob berishiga bog‘liq.
Agar mingta to‘p kirita olsam juda yaxshi bo‘ladi. Bunga erisha olmasam ham, birortasi mendan ko‘p gol ura olmaganini bilaman, - dedi Ronaldu.
Fikrlar