Ronaldu nafaqat "An-Nasr" sardori, endilikda klub xo‘jayini ham

  • 31 iyul, 21:26
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonilik jurnalist Abdulaziz Al-Oseymi "An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubning 20 foiz aktsiyasiga egalik qilishini ma’lum qildi.

Tecno

Mahalliy OAV bu xabarga qizg‘in munosabat bildirib, portugaliyalik endi nafaqat futbolchi va sardor, balki klub xo‘jayini ekani haqida sarlavhali materiallar e’lon qildi.

Iyun oyida klub futbolchi bilan iyun oyida uzaytirgan yangi shartnomasiga ko‘ra, unga 15 foizlik ulush berilgani xabar qilingandi. 2024/2025 yilgi mavsumda 40 yoshli Ronaldu 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 35 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Ronalduning transfer narxi 12 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!