
Ronaldu nega boshqalardan zo‘r?
Italiyalik taniqli murabbiy Massimiliano Allegri “Yuventus” jamoasi to‘purari Krishtianu Ronalduning boshqa futbolchilardan ustun jihatlarini aytib o‘tdi.
- Men juda ko‘p buyuk futbolchilarni shug‘ullantirganman. Ronalduning ulardan ustunligi uning mentalitetida. Krishtianu besh marta “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi. Chempionlar ligasida ham besh bor g‘olib chiqdi. Portugaliyaga Evropa chempionligini taqdim etdi. Shunga qaramay, u har doim o‘z oldiga yangi maqsad qo‘ya oladi, - dedi Allegri.
Bundan tashqari, Krishtianu Ronaldu faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida eng ko‘p – 752 ta gol urgan o‘yinchi hisoblanadi.
Fikrlar