Ronaldu obunachilari soni 200 mlnga etgan ilk inson!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning Instagram sahifasidagi obunachilari soni 200 mlnga etdi.

Shu tariqa, portugaliyalik eng ko‘p obunachiga ega insonga aylandi. Uning eng yaqin ta’qibchilari, qo‘shiqchi Ariani Grandeda 173 mln va aktyor Dueyn Jonsda 170 mln obunachisi bor.

Ronaldu 2018 yilning oktyabridan buyon, Instagramda eng ko‘p obunachiga ega bo‘lish borasida etakchilik qilib kelmoqda. U o‘sha payt, hozirda to‘rttinchi pog‘onada qolib ketgan Selena Gomesni ortda qoldirgandi.

Ma’lumot uchun, 141 mln obunachiga ega bo‘lgan "Barselona" forvardi Lionel Messi ro‘yxatning sakkizinchi o‘rnini egallab turipti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!