Ronaldу o‘rniga Saloҳ. Saudiyaliklar Muҳammadga dahshatli maosh taklif qildi

  • 08.02.2026 13:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistoni Professional ligasi “Liverpul”ning eng zo‘r to‘purari Muhammad Saloҳni olib kelish uchun tajribali futbolchiga hozirgi olayotganidan maoshidan uch baravar ko‘p pul to‘lashga tayyor.

Ayni paytda Professional liga o‘zining eng katta yulduzi Krishtianu Ronaldudan ayrilish xavfi ostibda turibdi.

“An-Nasr”da haftasiga 3,35 million funt sterling ishlab topayotgan Ronalduning Professional liga va o‘zining klubidagi transfer siyosatiga nisbatan e’tirozlari kuchayib bormoqda.

Saudiya Arabistonida 41 yoshli portugalialik futbolchi Yevropa sari qaytib, faoliyati davomida 1000 ta gol urish maqsadiga erishish yo‘lida harakatni davom ettirishidan jiddiy xavotir olishmoqda.

Ronaldu atrofidagi vaziyat Saudiya ligasining Saloҳni qo‘lga kiritish istagini yanada kuchaytirmoqda. Ayni mavsum yakunidan keyin misrlik futbolchining shartnomasiga atigi 12 oy qoladi.

“Liverpul”da Saloҳ haftasiga 400 ming funt sterling maosh oladi, biroq saudiyaliklar 33 yoshli misrlik futbolchiga bu miqdordan uch baravar ko‘proq to‘lashga tayyor. Bu haqida Daily Mirror o‘zining eksklyuziv materialida xabar bermoqda.

Avvalroq Saloҳ bir necha bor saudiyaliklar taklifini rad etgan, ammo joriy mavsumda Muhammadning o‘yinida kuzatilgan sezilarli pasayish va uning “Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot bilan yaqinidagi mojarosi shayxlarda o‘yinchining tanloviga ta’sir qilishiga umid uyg‘otmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!