Ronaldu o‘rnini “Barsa” hujumchisi egallaydi

  • 01.08.2021 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus” rahbariyati asosiy to‘purar Krishtianu Ronalduga o‘rinbosar qidirmoqda.

Turinliklar portugaliyalik yulduz klubni tark etadigan bo‘lsa, uning o‘rniga “Barselona”dan Antuan Grizmanni olishga harakat qiladi. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatmoqda.

36 yoshli hujumchining ketishi “Yuventus”ning maoshlar byudjetida katta summani tejab qolishi va klub xo‘jayinlariga yangi transferni amalga oshirish imkonini berishi aytilmoqda. Chunki Ronaldu bir mavsum uchun 31 million evro maosh olmoqda.

“Yuventus” dastlab Grizmanni ijaraga olib o‘ynatmoqchi.

Avvalroq, frantsiyalik hujumchi Italiya chempionatiga o‘tishga shoshilmasligini va “Barsa”dan ketadigan bo‘lsa, “Atletiko”ga qaytishini ta’kidlagan edi.

Grizmanning kataloniyaliklar bilan shartnomasi yana uch yil davom etadi va uning transferi 60 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!