
Ronaldu ortidan: "Yuventus" futbolchisi Allegrining qo‘rqoq taktikasidan norozi bo‘lmoqd
Italiyada muxlislar Chempionlar ligasi doirasidagi "Yuventus" - "Benfika" uchrashuvidan keyin olingan videoni qizg‘in muhokama qilishmoqda. Unda Anxel di Mariya Arkadiush Milikka nimadir deydi. Taxminlarga ko‘ra, imo-ishoralardan kelib chiqadigan bo‘lsak, argentinalik futbolchi Massimiliano Allegrining polshalik hujumchini o‘yin davomida almashtirish haqidagi qaroridan g‘azablangan.
"Football Italia" nashri "Yuventus" futbolchilari Allegrining qarorlaridan noroziligini bildirgan boshqa holatlarni eslaydi. Ulardan biri Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Portugaliyalik forvard 2019 yilda jamoaning qo‘rqoq o‘yinidan norozi bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" chorshanba oqshomida o‘z maydonida kechgan "Benfika"ga qarshi bahsda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar