Ronaldu o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

  • 04.02.2023 09:49
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Saudiya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan o‘yinda Ronaldu hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov ishlagan penaltidan "Al-Fatih" (2:2) darvozasiga aniq zarba yo‘llab hisobni tenlashtirdi. Bu uning Saudiya klubidagi birinchi kiritgan birinchi to‘pi bo‘lib, uchinchi o‘yinda buni uddaladi.

Krishtianu o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Saudiya ligasida birinchi golimni urganimdan xursandman. Bu albatta jamoaning sa’y-harakatlari tufayli bo‘ldi va juda qiyin o‘yinda muhim durangga erishdik" – deb yozdi 37 yoshli portugaliyalik hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu ketma-ket 22-yilda gol urishni uddaladi. Uning hisobida 702 ta gol bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!