
Ronaldu “Real”ga Brunu Fernandeshni xarid qilishni tavsiya qildi
Madridning “Real” klubi sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peresga “Manchester Yunayted” futbolchisi Brunu Fernandeshni xarid qilishni tavsiya qildi. Bu haqda "Goal Digital" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” 30 yoshli futbolchini sotishni xohlamaydi, biroq uni 90 million evroga baholashgan. Ta’kidlanishicha, Fernandesh “Real” safida Karlo Anchelotti qo‘l ostida o‘ynash uchun zarur bo‘lgan barcha sifatlarga ega.
Joriy mavsumda Fernandesh barcha musobaqalarda jami 47 o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 18 ta golli uzatma bilan ajralib turdi. Uning klub bilan tuzgan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. "Transfermarkt" portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 55 million evroga teng.
Fikrlar