
Ronaldu shayxlarga “Barsa”dan o‘yinchi topib berdi
“An-Nasr” bilan amaldagi kelishuvini yana ikki yilga uzaytirgan 40 yoshli Krishtianu Ronaldu jamoani kuchaytirish uchun klub rahbariyatiga Evropadan yangi o‘yinchi olishni tavsiya qilmoqda.
Gap “Barselona”ning eng tajribali o‘yinchilaridan hisoblangan Andreas Kristensen haqida ketmoqda. Ronaldu daniyalik futbolchini “An-Nasr”ga to‘p tepishini istayapti.
Tabiiyki, saudiyalik shayxlar Ronalduning talabini bee’tibor qoldirmaydi. Ular Kataloniya klubi rahbariyatiga rasmiy taklif tayyorlyapti.
Kristensen 2022 yili erkin agent sifatida “Chelsi”dan kelganidan keyin “Barselona” himoya chizig‘ini shakllantirishda muhim figuralardan biri bo‘ldi. Daniyalik markaziy himoyachi jamoa himoyasida barqarorlikni ta’minlay olishini inobatga olgan Ronaldu Kristensen yordamida sovrinlar uchun kurashmoqchi.
29 yoshli futbolchining “Barselona” bilan shartnomasi kelasi yoz tugaydi. Kataloniyaliklar hali unga yangi shartnoma bergani yo‘q. Shu bois, ekspertlar Ronaldu rejalashtirgan transfer amalga oshishiga ishonmoqda.
Fikrlar