Ronaldu tarixiy rekordni takrorladi

  • 13 yanvar, 2020, 13:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu o‘zining yuqori to‘purarlik qobiliyatini hamon davom ettirmoqda.

Tecno

34 yoshli portugaliyalik futbolchi kecha A Seriyaning 19-turida “Roma”ga qarshi o‘yinda o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Bu esa uning uchun joriy mavsum chempionatdagi 14-gol bo‘ldi.

E’tiborlisi, Ronaldu shu tariqa o‘tgan asrning 50-yillarida daniyalik futbolchi Yon Xansen tomonidan o‘rnatilgan rekordni takrorladi. Gap shundaki, “Yuventus” tarixida ushbu ikki futbolchidan boshqa hech kim ketma-ket 2 mavsum birinchi davrada 14 tadan ko‘p gol urmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!