Ronaldu uchun pulni ayamaymiz!

  • 19.04.2021 18:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus” sport direktori Fabio Paratichi jamoa etakchisi Krishtianu Ronalduga kelasi mavsumda ham 31 million evro miqdorida maosh to‘lanishi haqidagi savolga javob qaytardi.

- Hozir noaniqliklar davrini boshdan o‘tkazayotgan paytimizda ham mas’uliyatni his qilishimiz kerak bo‘ladi. Krishtianu Ronaldu oddiy futbolchi yoki sportchi emas, u jamiyatdagi mavqei baland inson. Bu uning maoshida ham o‘z aksini topadi. Tadqiqotlar uning media olamda eng mashhurlardan ekanini tasdiqlamoqda. Shu bilan u boshqa o‘yinchilardan keskin farq qiladi, - dedi Paratichi.

Shuningdek, Turin klubi rahbariyati hali portugaliyalik yulduz bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar boshlanmaganini ma’lum qildi.

Klub bilan amaldagi bitimi kelasi yili yozda yakunlanadigan Ronaldu joriy mavsumda  A Seriyada 27 ta uchrashuvda 25 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!