Ronaldu va Beylni nishonga olgan snayper qo‘lga olindi
Ispaniyada futbol olamining mashhur yulduzlari hayotiga tahdid solgan snayper to‘qqiz yil qamoq jazosiga hukm qilindi.
Gap shundaki, Ramirez familiyali mergan "Real" jamoasining mashg‘ulotlar bazasidagi mashinalar turargohi yaqiniga joylashib qolgan. "El Cnayper" laqabini olgan bu mergan miltiqning optik qurilmasi orqali Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl, Florentino Peres va Karlo Anchelottini nishonga olgan va shularni suratga muhrlagan. Xavfni sezgan klub xodimlari darhol politsiyaga murojaat qildi. Politsiya xodimlari merganni tintuv qilganida ko‘plab ana shunday fayllar topildi.
Ramirezga noqonuniy qurol saqlash aybi qo‘yilib, qamoqqa ravona qilindi.
Merganning o‘zi bu harakati orqali futbol yulduzlarining hozirgi xavfsizligi umuman talabga javob bermasligini amalda ko‘rsatib bermoqchi bo‘lganini aytmoqda.
Fikrlar