Ronaldu va Bonuchchi ertaga "Yuventus"ni chempion qilishi mumkin bo‘lgan o‘yinda ishtirok etmaydi

  • 12 aprel, 2019, 16:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu ertaga SPALga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda ishtirok etmaydi.

Tecno

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Massimilano Allegri o‘yindan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra shu kuni jamoaning etakchi himoyachisi Leonardo Bonuchchi ham o‘ynamaydi. Murabbiy unga ham xuddi Ronaldu singari qo‘shimcha dam berishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, agar “Yuventus” ertaga hech bo‘lmaganda bir ochkoni qo‘lga kiritsa, muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!