
Ronaldu va Manening benefisiga aylangan bahsda "An-Nasr" yirik hisobda g‘alaba qozondi
Saudiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan "Al-Fotih" - "An-Nasr" uchrashuvi riyodliklarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yinda Ronaldu xet-trik qilib, bitta assist amalga oshirgan bo‘lsa, Mane ham o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "An-Nasr" 11-o‘ringa chiqib oldi.
Fikrlar