
Ronaldu va Messi gol urishni Levandovskidan o‘rgansin
Ayni damda "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski dunyoning eng yaxshi samarador top futbolchisi hisoblanadi.
Polshalik futbolchi 2021 yilning boshidan buyon raqib darvozasiga umumiy hisobda 62 ta gol kiritdi.
Levandovskining "Oltin to‘p" borasidagi asosiy raqobatchisi Lionel Messi (PSJ) hisobida hozircha joriy kalendar yilida 40 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Argentinalik futbolchi bu borada hatto Krishtianu Ronalduga ham imkoniyatni boy bermoqda. "Manchester Yunayted"ga qaytgan portugaliyalik yulduz hisobida 42 ta gol mavjud.
Ta’kidlash kerakki, Levandovski joriy mavsum gollarining 10 tasini penaltidan kiritdi. Bu ko‘rsatkich Messida 5 ta, Ronalduda 8 tani tashkil qiladi.
Fikrlar