
Ronaldu va Messidan keyin dunyoning eng zo‘r futbolchisi kim bo‘ladi? Venger bu savolga javob berdi
"Arsenal" klubi sobiq ustozi Arsen Venger Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi davri tugagach, dunyoning eng yaxshi futbolchisi nomini qaysi futbolchi olishi mumkinligi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Ronaldu va Messining faoliyati nihoyasiga yaqinlashmoqda. Endi biz kelajak avlod haqida gapirsak bo‘ladi. Bu borada birinchilardan bo‘lib frantsuz futbolchilarini tilga olish mumkin. Bu nom uchun Mbappe favorit bo‘lishi mumkin, ammo Neymarni ham unutmaslik kerak, albatta”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.
Ronaldu faoliyati davomida 5 ta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi, Messi esa 6 ta.
Fikrlar