
Ronaldu yana bir o‘yinni o‘tkazib yuboradimi?
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 20-turidan o‘rin olgan "Parma"ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam berolmasligi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 34 yoshli portugaliyalik futbolchi betobligi sabab hali ham mashg‘ulotlarga qo‘shilmagan. Ta’kidlash kerakki, u xuddi shu sabab bilan “Udineze”ga qarshi bo‘lib o‘tgan Italiya kubogi nimchorak final bahsini ham o‘tkazib yuborgan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" - "Parma" uchrashuvi 19 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.
Fikrlar