
Ronaldu yana muammolar girdobida: U AQShda fuqarolik urushining bir qismiga aylandi.
“Yuventus” ning aktsiyalari qiymati tushib ketdi. Homiylar Ronaldu bilan gaplashishga uyalishmoqda.
“Oilam, bolalarim bilan hammasi joyida, futbolda ham ishlar ajoyib” –Italiyadagi voqealarga javoban jonli efirda Ronaldu xuddi shunday so‘zlarni aytdi.
Shu kunning o‘zidayoq Krishtianu bu zo‘rlashda ayblash feyk xabar ekanligini, uning nomidan piar uchun foydalanmoqchi bo‘lishayotganini aytdi. Bu safar hammasi Ronaldu o‘ylagandek oddiy emas.
2009 yilda bo‘lgan voqea
2009 yil iyun oyida Ronaldu amakivachchasi hamda singlisining turmush o‘rtog‘i bilan “Real”ga ko‘chib o‘tganini nishonlash uchun Las-Vegasga uchishdi. Tungi klubga borishdi. Krishtianu klub hodimi- Ketrin Mayorga bilan suhbat qurayotgan vaziyat videoda muhrlangan.
Las-Vegasda ayollarni tunda “hamrohlik” qilishga olib ketish qonun bilan ta’qiqlangan. Demak Ronaldu unday qilishi mumkin emas edi. Ketrinning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kuni Ronaldu uni xonasiga chaqirgan va uni unga “birga bo‘lish”ni taklif qilgan. Rad javobini eshitgach, uni zo‘rlagan. Mayorga politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan.
Politsiyaga qo‘ng‘iroq saqlanib qolingan. Unda “jinsiy zo‘rlash” bo‘yicha tazyiq bo‘layotgani bayon qilingan. Suhbatda Ronaldu tilga olinmagan ammo aybdor mashhur sportchi ekanligi aytilgan. Tibbiy ko‘rik ham qizda “jismoniy yaqinlik” ixtiyoriy bo‘lmaganligini qayd etdi.
Shundan so‘ng Mayorganing advokatlari prokuraturaga emas, balki Ronalduning vakillariga murojaat qilishdi. Aynan mana shu so‘zlashuvlar Ronalduga qarshi ishlamoqda. Ronaldu bunda Peresning qo‘li borligiga ishonmoqda. Bu bekorga emas. Aynan “Real” bilan kelishuvga erishilayotgan paytda qizga ayblovlarni oshkor qilmaslik uchun 375ming dollar to‘lanayotganidan Peresning xabari bor edi.
100 mln evro to‘lanayotganda bu summa “kopeyka”, ammo ishga Mayorganing yangi advokati qo‘shilgan: “Ronaldu mijozimga qo‘lini tekkizmagan bo‘lsa, nega tuhmat uchun sudga bermadi-yu, pul to‘ladi?” Aynan mana shu vaj bilan ish yana qo‘zg‘aldi.
“Jinoyatni oshkor qilmaslik” shartnomasi sudda qizga nisbatan bosim o‘tkazilgan deb topilib, noqonuniy deb topiladi. Bundan tashqari, Mayorga ma’lumotlar tarqab ketgach OAVga intervyu bergan. Bu uning majburiyatlarini buzganini bildiradi. Bunday paytda ko‘pincha jabrlanuvchilar ana shunday qilishlari sharti qo‘yilgan bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
2018 yildagi voqealar
Ronalduning zo‘rlash jinoyatida aybdor deb topilishi mumkinligi ma’lum bo‘lgach, “Yuventus” aktsiyalari arzonlashdi va ko‘pchilik homiylar o‘z sahifalaridan Ronalduning rasmini olib tashlashni so‘rashdi. Boshqalari esa umuman shartnomani bekor qilishmoqchi.
Portugalik futbolchini bunday jinoyatda ayblanishi birinchi marta emas. 2005 yilda London politsiyasi tomonidan aynan mana shu jinoyatda ayblangan Ronaldu avvaliga qamoqqa olindi, keyin esa qo‘yib yuborildi. Mayorganing advokatlari o‘sha qizni ham topishib, birgalikda guruh bo‘lib sudga murojaat qilishni maqsad qilgan.
Agar o‘shanda ham MYu va Ronaldu bu ma’lumotni oshkor qilmaslik uchun pul to‘lashgan bo‘lsa, advokat ushbu haqiqatni sudga va hakamlar hay’atlariga isbot uchun qo‘llaydi – ayblanuvchida zo‘rlash va uni sotib olishga moyillik bor.
Bundan tashqari sudga 2007 yilda futbolchilarning tazyiqi va qo‘polligi, Ronalduning unga nisbatan “shafqatsiz munosabatda” bo‘lganligida ayblagan Buyuk Britaniyalik qiz ham chaqirilishi mumkin. O‘shanda ham Ronalduning advokatlari buni tuhmat ekanligini isbotlab, qonun oldida o‘sha qizga nisbatan chora ko‘rishmaganligi yangi sudda “qurol” bo‘lib ishlatilishi mumkin.
Ronalduga ma’shuqa topish umuman muammo emas, anchagina qizlar uning turmush o‘rtog‘iga havas bilan qarashadi. Ammo Krishga nima to‘g‘ri nima noto‘g‘ri ekanligini aytib turuvchi odam kerak, shekilli.
Endi nima bo‘ladi? Buning AQShga nima dahli bor?
Nevada shtati prokuraturasi 9 yoshli qizni zo‘rlash bo‘yicha jinoiy ishni qayta ko‘rib chiqadi. Ismlar boshqa-boshqa, ammo ko‘p narsa mos kelmoqda…Ronaldu ruhiy tazyiq o‘tkazganligi bo‘yicha jinoiy javobgarlik ochilishi mumkin.
Advokatlar Ketrin beqaror bo‘lib qolganini, o‘z shaxsiy hayotida, ish izlashda qiyinchiliklarga duch kelganini va amerikaliklar jinsiy jinoyatlar haqidagi hikoyalarni yoritadigan # MeToo (“Menga ham”) hashtagini ko‘rib, ishni davom ettirishga qaror qilganini aytishmoqda.
Xarvi Vaynshteyn – bir qancha filmlar prodyuseri, Luis Si Key – mashhur komik, va “Oskar” egasi aktyor Kevin Speysi xuddi shunday muammolar markazida bo‘lishgan. Barcha holatlarda ularning aybi isbotlanib, ishdan xaydalishgan. Hozirda sudya Brett Kavana – AQSh Oliy sudi hodimi, universitetning birinchi kurs talabasini “zo‘rlash”da ayblanmoqda.
Kavana ayblovlarni tan olmadi. Agar uning so‘zlari yolg‘on bo‘lsa, qamoqqa olinadi. Ko‘rib turganingizdek, Ronalduning “ishi” sabab AQShda bunday jinoyatlarning bari qayta ko‘rib chiqilishi, jazo qattiq bo‘lishini kutish mumkin.
Ronaldu uchun vaziyat juda noqulay. Okean ortida hozir fuqarolik urushi ketmoqda. Ayollar zulm o‘tkazgan va keyin jinoyatlarni pul bilan sotib olgan erkaklarga qarshi! Evropadagilar o‘ylagandek bu ish oson bo‘lmaydi! Agar Ronaldu Amerika sudida aybdor deb topilsa-ishlar pachava!
U bilan bevosita va bilvosita Amerikaga bog‘langan kompaniyalar hamkorlik qilishmaydi. Hech qaysi top klublar u bilan shartnoma imzolay olishmaydi.
Krishtianu va Ketrindan boshqa hech kim o‘sha kecha voqea aynan qanday bo‘lganini bila olmaydi. Bunday tunda yana nimalar bo‘lishi mumkinligi qiziq…”Piar sifatida foydalanishmoqchi» degan jumla eskirib bo‘ldi. Bu bilan ishni yuta olmaydi. Bu vaziyat barcha sohada ishlayotgan erkaklar uchun bir saboq bo‘lsa, ajab emas.
Krishtianu bu ishlarda ham, “Valenciya” bilan o‘yindagi qizil kartochkada ham Peresni ayblamoqda. Modrichning sovrinida ham Peres asosiy rol o‘ynaganini ta’kidlayapti. Hammasi mayli-yu, ammo Lukaga butun dunyodan ovoz berishgani hech kimga sir emas. Nazarimda, advokatlar mana shunday vaziyatda ishni ochishgani, Ronalduni “qamal” qilishda ayni vaziyatni tanlay olishganidan.
Evropada Ketrinning faqat pulni xohlayotgani, hech qanday adolat unga kerak emasligini aytishmoqda. Ammo AQShda bunday vaziyatlarda pul aralashishi eng xunuk ish ekanligi, jabrlanuvchilarga hech kim ishonishmayotgani, aybdorlar ishni pul hal qilmasa, zo‘ravonlik ishlatgani bo‘yicha ishlar ochilib, jiddiy kurash olib borilishi ta’kidlanmoqda.
Ronaldu sudga birinchi marta tashrif buyurayotgani yo‘q. Hozirgi ishda Ronalduning advokatlari ancha qiynalishadi.
Nima bo‘lganda ham, Ronaldu aybdor emas, toki buning aksi isbotlanmasa.
Fikrlar