
Ronaldu yana zaxirada qoladimi?
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Jahon Chempionati chorak finalidan o‘rin olgan Marokashga qarshi uchrashuvda zaxirada qolishi kutilyapti. Bu haqda "A Bola" nashri xabar bermoqda.
Portugaliyalik jurnalistlar ushbu holatga quyidagicha izoh berdi. Unga ko‘ra, Shveytsariyaga qarshi bahsda xet-trik muallifiga aylangan Gonsalu Ramush ilk daqiqalardan hujum markazida ko‘rinish berishi kutilyapti. Ayni vaqtda portugal jarima maydonchasi tashqarisida o‘ynash, diagonallar hamda raqibni chalg‘itish funktsiyalarini u qadar ham yaxshi bajara olmayapti.
Ronalduda zaxiradan maydonga tushish imkoniyati bor. Raqib charchagan va konsentratsiyani yo‘qotgan paytda Krishtianu o‘yinga qo‘shilib, hal qiluvchi rolni bajarishi kutilyapti.
Fikrlar