Ronaldu yordamga Kevin de Bryuynening kelishini kutyapti

  • 27.10.2023 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropada porlagan futbolchilar hech narsadan cho‘chimay Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l olayotgani, eng avvalo, Krishtianu Ronalduning ushbu mamlakatga borgani bilan bog‘liq.

Ronaldu bu mamlakatda to‘purarlik rekordini oshirmoqchi. Bu ishda unga jahon futbolidagi eng zo‘r pleymeykerlardan Kevin de Bryuyne yordam berishi mumkin.

Jurnalist Rudi Galettining xabar berishicha, “An-Nasr” belgiyalik futbolchi transferi bo‘yicha ishga kirishgan. Saudiyaliklar “Manchester Siti” futbolchisi bilan tez orada uchrashuv tashkil qilmoqchi.

“An-Nasr” 32 yoshli futbolchini klubning uzoq muddatli loyihalariga jalb qilmoqchi va bo‘lajak uchrashuvda aynan mana shu masala muhokama qilinadi.

Kevin de Bryuynening “shaharliklar” bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan. Biroq futbolchi keyingi paytda ko‘p jarohat olyapti. Oxirgi og‘ir jarohatini davolatayotgan bir paytda “Manchester Siti” mutasaddilari uning yuqori darajaga chiqa olmasliginidan xavotirda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!