
Ronaldu yubiley o‘yinida maydonga tushdi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha A Seriyaning 25-turidan o‘rin olgan "Spetsiya"ga qarshi o‘yinda ishtirok etdi.
Goal nashrining ma’lum qilishicha, bu 36 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun milliy chempionatlardagi yubiley 600-o‘yin bo‘ldi.
Ronaldu ushbu o‘yinlarning 85 tasini "Yuventus", 292 tasini "Real", 196 tasini "Manchester Yunayted" va 27 tasini "Sporting" safida o‘tkazgan.
Fikrlar