Ronaldu "Yuventus" uchun g‘alaba kaliti

  • 29 noyabr, 2020, 02:53
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Italiya chempionati 9-turi doirasida "Yuventus" debyutant klub "Benevento" mehmoni bo‘lib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Ushbu bahsda turinliklar safida forvard Krishtianu Ronaldu maydonga tushmadi. Oldinroq, jamoa ustozi Andrea Pirlo unga dam olish imkoniyatini berishi haqida xabar berilgan edi.

Shu tariqa, "Yuventus" joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi ishtirok etmagan uchta uchrashuvda g‘alabani rasmiylashtira olmadi. Bungacha, "keksa sinora" "Krotone" va "Verona" bilan ham durang o‘ynagan edi.

2020/21 mavsumda Ronaldu "Yuventus" tarkibida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!