Ronaldu "Yuventus"ga qaytdi

  • 26.07.2021 15:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu ta’tildan so‘ng yana klub qarorgohiga qaytdi.

Tuttosport nashrining xabar berishicha, 36 yoshli portugaliyalik futbolchi klub qarorgohiga kelgan va tez orada aynan shu erda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Bundan tashqari, Ronaldu yaqin vaqtlar ichida "Yuventus" bosh murabbiyligiga qaytgan Massimiliano Allegri bilan ham uchrashadi va o‘zining jamoadagi kelajagini muhokama qiladi.

Krishtianuning “keksa sinora” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi.

Ronaldu o‘tgan mavsum A Seriyada 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 29 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!