Ronaldu "Yuventus"ni tark etish niyatida, biroq...

  • 15 avgust, 2021, 18:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hujumchi Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ni tark etishga tayyor. Marca nashri xabariga ko‘ra, klub rahbariyati ham, portugaliyalikning o‘zi ham hozirgi vaziyatda hamkorlikni davom ettirish yoki ettirmasligi aniq emas.

Tecno

Turinliklar uchun asosiy omillardan biri - koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz. Ronalduning transferi orqali klub ham oylik maosh uchun xarajatlarni kamaytirishi, ham yangi futbolchilarni sotib olish uchun mablag‘ga ega bo‘lishi mumkin.

Ammo hozircha, na Ronalduga, na "Yuventus"ga bu borada munosib takliflar kelib tushmagan.

Portugaliyalikning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!