Ronaldu “Yuventus”ning asosiy muammosi!

  • 6 dekabr, 2020, 09:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
CHERY AUTO

O‘z davrida “Milan” va “Inter” jamoalari sharafini himoya qilgan mashhur hujumchi Antonio Kassano “Yuventus”ning portugaliyalik to‘purari Krishtianu Ronaldu Turin klubiga haqiqiy muammo bo‘lishini ta’kidladi.

Tecno

Ronaldu “Yuventus”ga bosh og‘riq bo‘ladi. Italiya chempioni bo‘lish uchun klubga Ronalduning umuman keragi yo‘q. “Yuventus” uni Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun olib kelgan. Lekin hali bunday bo‘lgani yo‘q.

Krishtianu faqat gol urish uchun yashaydi. U Messidan farqli ravishda jamoa o‘yinini kuchaytirish uchun hech nima qilmaydi. Jamoaviy o‘yin uchun Karim Benzema va Robert Levandovski munosib hujumchi, - dedi Kassano.

Ronaldu joriy mavsum A Seriyada beshta uchrashuvda sakkizta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!