Ronaldudan farqli ravishda Messini eng zo‘r futbolchilar qatoriga qo‘shishmadi

  • 9 yanvar, 2023, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z davrida “Ayaks” va “Milan” jamoalarida porlagan mashhur hujumchi Marko van Basten amaldagi jahon chempioni Lionel Messini futbol tarixidagi eng zo‘r o‘yinchilar qatoriga qo‘shmadi.

- Pele, Maradona va Kroyf – futbol tarixidagi eng zo‘r uch futbolchi. Lekin men ular qatoriga Krishtianu Ronaldu, Platini va Zidanni qo‘shishni ham unutmasligim kerak.

Messi – zo‘r o‘yinchi, lekin Maradona undan farqli o‘laroq, har doim jamoaga ko‘proq ta’sir o‘tkazgan, - dedi Marko van Basten.

Argentina terma jamoasi Qatardagi jahon chempionatida g‘olib chiqqanidan keyin mundialning eng zo‘r o‘yinchisi bo‘lgan Lionel Messini o‘z hamyurti Diego Maradona bilan taqqoslash urfga kirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!