Ronaldudan yana bir rekord
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu rekordlari sonini yana bittaga oshirib oldi.
Gap shundaki, 34 yoshli portugaliyalik futbolchi evrokuboklarda 125ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Ta’kidlash kerakki, kecha “Atletiko”ga (3:0) qarshi o‘yinda qayd etgan xet-trigidan so‘ng Ronaldu hisobidagi ushbu gollar soni 127taga etdi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu o‘zining evrokuboklardagi birinchi golini 2005/06 yilgi mavsumda kiritgan edi. O‘shanda u “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilar edi.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida evrokuboklarda jami 176ta o‘yinda ishtirok etgan.

Fikrlar