
Ronalduga ko‘p gol uradigan raqobatchi keladi
“Manchester Yunayted” xo‘jayinlari “River Pleyt” hujumchisi Xulian Alvares transferi bo‘yicha argentinaliklarga rasmiy taklif yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
21 yoshli hujumchi Argentina chempionatida to‘purarlik qobiliyatini namoyish etib kelmoqda.
Alvaresga “Manchester Yunayted”dan tashqari Evropaning boshqa klublari ham xaridor hisoblanadi. Hujumchining o‘zi ham kuchini “ko‘hna qit’a”da sinab ko‘rishga qarshi emas.
Alvares oxirgi 46 ta o‘yinda 24 ta gol urib, 15 ta golli pas uzatdi. Manchesterliklar bu hujumchi uchun 20 million evro berishi kerak bo‘ladi.
Xulian yosh bo‘lishiga qaramay, Libertadores kubogi sohibi va finalchisi hisoblanadi. Bundan tashqari, u Argentina terma jamoasi safida yozda o‘tkazilgan Amerika kubogida g‘olib chiqdi.
Fikrlar