Ronalduni oʻyin vaqti mazasi qochdi
Jahon futbolida eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati 29-turida “An-Nasr”ning “Al-Ittifoq” jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvining 89-daqiqasida zahiraga olingan edi.
Ronaldu 1:0 hisobidagi g‘alabani nishonlash jarayonida ham ko‘rinish bermadi.
Jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezush bu vaziyatga oydinlik kiritdi.
- Tanaffusdan keyin Krishtianu umuman maydonga chiqmasligi kerak edi, uning qorinda muammo bor edi, kayfiyati ham yomon edi. Uni almashtirganimda, Ronaldu darhol kiyinish xonasiga yo‘l oldi va u yerda qayt qildi.
Futbolda qancha tajribaga ega bo‘lishimizdan qat’i nazar, o‘yinchining emosional holati ham katta ahamiyatga ega.
Biz marraga tobora yaqinlashib borayotganimizni his qilyapmiz. Shuning uchun ham u o‘yin oxirida jamoa bilan birga emas edi, Krishtianu o‘zini juda yomon his qilayotgani bois kiyinish xonasida qoldi, - dedi Jezush Record nashriga.

Fikrlar