
Ronalduning “Barsa”ga o‘tishi rostmi?
Mashhur ispaniyalik jurnalist Gilerme Balage “Yuventus” rahbariyati Krishtianu Ronalduni “Barselona”ga sotishga harakat qilayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Shuningdek, mazkur xabarlarda turinliklar asosiy to‘purar olayotgan maoshning yuqoriligi bois undan qutilish maqsadida “Real”, PSJ va AQShning qudratli klublariga Ronalduni taklif qilgani aytilgan.
Bu xabarlarga Ronalduning yaqinlari o‘z munosabatini bildirdi. Ular futbolchining o‘zi “Yuventus”da baxtiyor ekanini va “Barselona”ga o‘tayotgani haqidagi xabarlar haqiqatga yaqin emasligini ta’kidlamoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Krishtianu Ronaldu jamoa bilan imzolagan shartnomasi yakunlanmagunicha Turinda qolishni rejalashtirmoqda. Futbolchi klub bilan 2022 yilning yoziga qadar bitim tuzgan.
Fikrlar