Ronalduning o‘zi yo‘q, lekin izi bor!

  • 13 avgust, 2020, 13:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bu yilgi Chempionlar ligasining hal qiluvchi pallasi davom etmoqda. Ko‘pchilikning e’tiborini turnir to‘purarlarining ko‘rsatkichlari qiziqtiradi.

Garchi “Yuventus” musobaqani erta tark etgan bo‘lsa-da, jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning rekordlari ayni paytda turnirdagi ishtirokini davom ettirayotgan Lionel Messi va Robert Levandovski uchun navbatdagi  cho‘qqi va marra vazifasini o‘tamoqda.

Demak, bir mavsumda ko‘p gol urish bo‘yicha eng yuqori natijalar bilan tanishing:

17 gol - Krishtianu Ronaldu (“Real”), 2013/14 yilgi mavsum

16 gol - Krishtianu Ronaldu (“Real”), 2015/16 yilgi mavsum

15 gol - Krishtianu Ronaldu (“Real”), 2017/18 yilgi mavsum

14 gol - Lionel Messi (“Barselona”), 2011/12 yilgi mavsum

13 gol - Rober Levandovskiy (Bavariya), 2019/20 yilgi mavsum

Shuningdek, Chempionlar ligasi tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchilar orasida ham aynan Krishtianu Ronaldu etakchilik qilmoqda. Portugaliyalik hujumchi bu turnirda 170 o‘yinda 130 ta gol urgan.

Ikkinchi o‘rindagi Lionel Messi “Barselona” safida 142 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini 115 marotaba ishg‘ol qilgan.

Kuchli uchlikni yakunlagan “Real”ning sobiq yulduzi Raul hisobida 142 ta o‘yinda 72 ta gol bor.

Robert Levandovski esa 87 ta uchrashuvda 66 ta gol urgan va uning yaqin yillar ichida Raulning ko‘rsatkichini quvib o‘tish ehtimoli yuqori.   

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!