
Ronalduning benazir ekanini tan olishimiz kerak
“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov o‘tgan yilning oxirida jamoadan ketgan Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
- Men Krishtianu Ronalduning “Yunayted”ga olib kelishi xato edi, degan fikrlarga qo‘shilmayman. Chunki birinchi mavsumda ko‘p gol urganini hamma biladi. Menimcha, muammolarning kelib chiqishiga o‘zaro bir birini tushunmaslik, muloqotdagi kamchiliklar va tomonlarning bir biriga etarli darajada hurmat ko‘rsata olmagani sabab bo‘ldi.
Sizda Ronaldu darajasidagi jahonning haqiqiy afsonasi bo‘lsa, uning hurmatini joyiga qo‘yishingiz kerak. Bunday yulduzlarning doimo ko‘ngligini so‘rab turish shart. Agar o‘ynay olmasa, nega bunday bo‘layotganini tushuntirish talab etiladi. U o‘zining benazir ekanini bilgani va haqiqatan shunday bo‘lgani uchun ham shunday qilish kerak.
Bunday o‘yinchilar futbolda o‘z maqeiga ega ekanini unutmaslik lozim. Agar buni inobatga olmasangiz noxush vaziyat kelib chiqadi, - dedi Dmitar Berbatov.
Fikrlar