Ronalduning kuchi nimada?

  • 05.12.2020 11:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyalik mashhur murabbiy Massimiliano Allegri “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduni boshqa futbolchilardan ajratib turadigan jihatini oshkor qildi.

-Mening qo‘l ostimda mentaliteti kuchli futbolchilar ko‘p bo‘lgan. Xususan, himoyachilar Jorjo Kellini va Alessandro Nesta, yarim himoyachilar Jennaro Gattuzo va Klarens Zeedorf, hujumchilar Zlatan Ibrohimovich va Krishtianu Ronaldu ana shunday xususiyatga ega.

Ular orasida eng kuchli mentalitet egasi aynan Ronaldudir, Mana shu xususiyat uni boshqalardan ustunligini belgilaydi. Krishtianu besh marotaba “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi. Besh marta Chempionlar ligasida va bir bor Evropa chempionatida zafar quchdi. Bu oson emas. Shunga qaramay, Ronaldu bu sovrinlar uchun munosib hissa qo‘shgan. U har gal o‘z oldiga yangi maqsadlarni qo‘yadi va hech qachon to‘xtamaydi, - dedi Allegri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!