
Ronalduning MYu darvozasiga kiritgan goli EChLda mavsumning eng chiroyli goli deb topildi
Xabaringiz bor kecha Madridda bo‘lib o‘tgan “Tottenxem” va “Liverpul” (0:2) jamoalari o‘rtasidagi final bahsidan so‘ng Chempionlar ligasining 2018/19 yilgi mavsumiga rasman yakun yasaldi.
UEFA rasmiy sayti esa musobaqaning joriy mavsumdagi eng chiroyli golini e’lon qildi. Unga ko‘ra "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronalduning guruh bosqich 4-turida "Manchester Yunayted" darvozasiga kiritgan goli eng chiroyli deb topildi.
Quyida EChLda mavsumning eng chiroyli deb topilgan 10ta goli ro‘yxati bilan tanishib olishingiz mumkin:
1. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus" - "Manchester Yunayted")
2. Lionel Messi ("Barselona" - "Liverpul")
3. Sadio Mane ("Bavariya" - "Liverpul")
4. Ivan Rakitich ("Tottenxem" - "Barselona")
5. Leroy Sane ("Manchester Siti" - "Xoffenxaym")
6. Kilian Mbappe ("Manchester Yunayted" - PSJ)
7. Raxim Sterling ("Manchester Siti" - "Shaxter")
8. Usman Dembele ("Barselona" - "Tottenxem")
9. Filippe Koutino ("Barselona" - "Manchester Yunayted")
10. Luis Suares ("Barselona" - "Liverpul")
Fikrlar