Ronalduning oldida ikki yo‘l bor

  • 22.07.2022 13:17
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduda faoliyatini davom ettirish uchun ikkita variant bor, deb xabar berdi “L'Equipe” nashri.

Manbaga ko‘ra, 37 yoshli portugaliyalik futbolchi "Atletiko"ga o‘tadi yoki "Manchester Yunayted"da qoladi.

Qayd etilishicha, Madrid klubi hujumchiga qiziqish bildirmoqda va uning talablarini to‘liq qondirmoqchi.

Shu bilan birga, Ronalduning mankunianliklar safida qolish ehtimoli juda ham past. Boisi, uning agenti Xorxe Mendesh Krishtianudan boshqa jamoaga o‘tishini talab qilmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, tomonlar bir necha marta muzokara o‘tkazgan.

O‘tgan mavsumda Ronaldu “Manchester Yunayted”ning barcha musobaqalar doirasidagi 39 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 24 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!