Ronalduning qadri o‘tyapti

  • 24 sentabr, 2023, 19:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” joriy mavsumni juda qiyin boshladi. Erik ten Xag shogirdlari oltita o‘yindan uchtasida mag‘lub bo‘ldi.

Manchesterlik muxlislar niderlandiyalik bosh murabbiyni mag‘lubiyatlarda bosh aybdor sanamoqda. Bundan tashqari, Krishtianu Ronalduning qariyb bir yil muqaddam jamoadan ketkazilishida aynan Erik ten Xag hissasi kattaligini ta’kidlashyapti.

Ashaddiy fanatlar Erik ten Xagga Ronaldu ketganidan keyin ham natijalarda ko‘zga tashlanadigan o‘sish bo‘lmaganini ta’na qilmoqda.

Xususan, “Brayton”ga qarshi o‘tkazilgan va boy berilgan avvalgi uchrashuvda muxlislar Ronalduni ismini aytib, kuylagani ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p tomosha qilinyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!